Tanqidiy fikrlashni o‘lchaydigan raqamli o‘quv muhiti
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Reading and Writing” fani misolida. Har topshiriq tanqidiy fikrlash mezonlari bo‘yicha baholanadi va talabaning CT-profilini shakllantiradi.
Platforma tuzilishi
Mavzular (modullar)
Dastur bo‘yicha 30 ketma-ket modul: matn bilan ishlash, dalil–xulosani farqlash, muallif pozitsiyasini tahlil qilish, manbalarni qiyoslash va argumentlangan yozma matn yaratish — nazariy material, namunalar va multimedia resurslar bilan.
Topshiriqlar
O‘qish va yozishga oid interaktiv topshiriqlar: matn tahlili, ochiq savollar, muqobil nuqtai nazarni baholash, esse va insho. Mustaqil hamda guruhli bajarish formatlarini qamrab oladi.
Baholash tizimi
Topshiriqlar avtomatlashtirilgan va kriterial (rubrikaga asoslangan) tarzda baholanadi; natijalar talaba kabinetida to‘planadi va o‘qituvchiga statistik tahlil ko‘rinishida taqdim etiladi.
Tanqidiy fikrlash malakasini baholash
Facione ajratgan olti ko‘nikma — talqin, tahlil, baholash, xulosa chiqarish, izohlash va o‘z-o‘zini boshqarish — bo‘yicha olib boriladi. CCTST asosidagi diagnostik testlar, kriterial rubrika hamda dinamik ko‘rsatkichlar orqali har bir talabaning darajasi ham sonli, ham sifatli baholanadi va monitoring qilinadi.
30 modul — topshiriq turlari va CT-ko‘nikma bog‘lanishi
Tanqidiy fikrlash eng kuchli ishlaydigan mavzular CT-yadro deb belgilangan. 15 va 30-modullar — eksperimental o‘lchov (pre/post), bahoga kirmaydi.
Topshiriqni tanqidiy fikrlash mezonlari bo‘yicha baholash
Topshiriq turini tanlang — faqat unga tegishli mezonlar chiqadi. Ball, CT-foizi, baho va talaba CT-profili avtomatik hisoblanadi.
CT% = (ball ÷ maks) × 100 · 90–100 → 5 · 70–89 → 4 · 60–69 → 3 · 0–59 → 2.
Talaba CT-profili
Har talaba uchun Facione 6 ko‘nikmasi bo‘yicha profil. Boshlang‘ich (pre) va joriy ko‘rsatkichlar solishtiriladi — malaka o‘sishi kuzatiladi.
Ko‘nikmalar kesimi
Diagnostik test va samaradorlik (Cohen’s d)
Pre/post natijalar solishtiriladi. Cohen’s d — eksperiment ta’sir kuchini o‘lchaydigan standart ko‘rsatkich. Qiymatlarni tahrirlab qayta hisoblang.
Guruh natijalari (o‘rtacha / SD, n)
Pre → Post o‘rtacha
d = (Mpost − Mpre) / SDpooled, SDpooled = √((SDpre² + SDpost²) / 2). |d| ≥ 0.8 — kuchli, 0.5–0.8 — o‘rta, 0.2–0.5 — kichik ta’sir.
Guruh statistikasi — ko‘nikmalar bo‘yicha kesim
Har talabaning 6 ko‘nikma bo‘yicha joriy foizi, umumiy CT darajasi va bahosi. Pastki qatorda guruh o‘rtachasi.
| Talaba | Guruh | Talqin | Tahlil | Baholash | Xulosa | Izohlash | O‘z-boshq. | Umumiy | Baho |
|---|