CritiRead
CTDF · Reading & Writing
DSc dissertatsiyasi · amaliy-eksperimental komponent

Tanqidiy fikrlashni o‘lchaydigan raqamli o‘quv muhiti

Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Reading and Writing” fani misolida. Har topshiriq tanqidiy fikrlash mezonlari bo‘yicha baholanadi va talabaning CT-profilini shakllantiradi.

Model: CTDFDarajalar: CEFR Standart: Paul–ElderKo‘nikma: Facione ×6
Namuna — talaba CT-profili
To‘rt asosiy bo‘lim

Platforma tuzilishi

01

Mavzular (modullar)

Dastur bo‘yicha 30 ketma-ket modul: matn bilan ishlash, dalil–xulosani farqlash, muallif pozitsiyasini tahlil qilish, manbalarni qiyoslash va argumentlangan yozma matn yaratish — nazariy material, namunalar va multimedia resurslar bilan.

02

Topshiriqlar

O‘qish va yozishga oid interaktiv topshiriqlar: matn tahlili, ochiq savollar, muqobil nuqtai nazarni baholash, esse va insho. Mustaqil hamda guruhli bajarish formatlarini qamrab oladi.

03

Baholash tizimi

Topshiriqlar avtomatlashtirilgan va kriterial (rubrikaga asoslangan) tarzda baholanadi; natijalar talaba kabinetida to‘planadi va o‘qituvchiga statistik tahlil ko‘rinishida taqdim etiladi.

04
Alohida, mustaqil bo‘lim

Tanqidiy fikrlash malakasini baholash

Facione ajratgan olti ko‘nikma — talqin, tahlil, baholash, xulosa chiqarish, izohlash va o‘z-o‘zini boshqarish — bo‘yicha olib boriladi. CCTST asosidagi diagnostik testlar, kriterial rubrika hamda dinamik ko‘rsatkichlar orqali har bir talabaning darajasi ham sonli, ham sifatli baholanadi va monitoring qilinadi.